• 3-May, 2023-yil 8:54

Zakovat intellektual o'yini Rektor kubogi o'tkazildi

Joriy yilning 17-aprel sanasida Xalqaro Innovatsion Universitetda 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Referendum saylovi yuzasidan yoshlarni bilimini mustahkamlash va Konstitutsiyamizga kiritilgan oʻzgartirishlardan yoshlarni boxabar qilish maqsadida Zakovat Quiz Rektor kubogi musobaqalarining final bosqichi boʻlib oʻtdi. 
Zakovat musobaqasida tanlovning saralash bosqichlarida gʻolib boʻlgan jamoalar ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalar boʻyicha gʻolib deb topilgan

1️⃣ -oʻrin sohiblari 1 mln soʻm pul mukofoti
2️⃣ -oʻrin sohiblari 500 ming soʻm pul mukofoti
3️⃣ -o'rin sohiblari esa qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalarni Xalqaro Innovatsion Universitetning rektori U.D.Ortiqov  topshirdi. 
Musobaqa koʻtarinki kayfiyatda qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtdi.