📖 Bir haftada bir kitob loyihasi doirasida o'tkazilgan bugungi tadbir Shukur Xolmirzayevning "O‘n sakkizga kirmagan kim bor" qissa va hikoyalariga bag'ishlandi.
📚 Tadbirda Axborot-resurs markazi mudiri A.Choriyeva, ARM bosh mutaxassisi M.Boboyeva va O‘zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi o‘qituvchisi M.Ortiqova hamda talabalar ishtirok etishdi.
📖 Tadbir davomida Shukur Xolmirzayevning hayoti va ijodi, asarlarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Kitobxon talabalar tomonidan "O‘n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi va hikoyalari tahlil qilindi. Keyingi haftada Shukrulloning "Kafansiz ko‘milganlar" asarini o‘qish uy vazifasi eilib berildi.
Ulashish: