• 17-Avgust, 2023-yil 13:40

Talabalar yotoqxonasiga onlayn ariza yuborish!

2023-yil sentabr oyidan TTJga joylashmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

Xalqaro Innovatsion Universiteti 2023/2024-o‘quv yili uchun Talabalar turar joyiga joylashish bo'yicha onlayn arizalar olish boshlanmoqda. 

Onlayn arizalar joriy yilning 5-sentyabr kuniga qadar qabul qilinib, bu faqat KUNDUZGI TA'LIM shaklida tahsil olayotgan talabalarga amal qiladi.

Talabalarni TTJga joylashtirish ishlari quyidagi me’zonlar asosida amalga oshiriladi:
✅ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);

✅ Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);

✅ I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

✅ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar hisobga olinadi); 

✅ Xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan (chet el fuqarosi) talabalar.

✅ Boshqa toifadagilar

Ko‘rsatib o‘tilgan mazkur me’zonlar asosida talabalar TTJga joylashish uchun: https://forms.gle/7WLtgw4DyrbwgXv96 manziliga online ariza yuborib, ro'yxatdan o'tishlari kerak. 
 
ESLATMA: Yuqorida ko‘rsatilgan me’zonlar asosida TTJga joylashish ishlari sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarga TATBIQ ETILMAYDI.

IZOH: Qabul jarayonlaridan keyin TTJlarning aksariyat qismiga 1-kurs talabalari joylashadi. Yangi o'quv yili boshlanish davrida boshqa bosqich talabalarining yashash joy qidirib ovora bo'lmasliklarini oldini olish maqsadida TTJlari taqsimotini hozirdan ya'ni avgust oyidan tashkil qilish boshlandi.


Ulashish: