• 3-May, 2023-yil 9:18

Ingliz tilida so'zlashuv clubi

Xalqaro Innovatsiyalar Universiteti (XIU) qoshidagi ingliz tilidagi so‘zlashuv klubiga xush kelibsiz!

Klubimiz talabalarning ingliz tilida so‘zlashuv ko‘nikmalarini rvojlantirish va oshirishlari uchun qiziqarli hamda interaktiv muhitni yaratishni maqsad qilgan. Til o'rganish zavqli bo'lishi kerak!!! bizning klub faoliyatimiz ana shu falsafani aks ettiradi.

Klubimizga qo‘shilish orqali siz ingliz tilini boshqa o‘rganuvchilar bilan hamda Universitetimizga tashrif buyuradigan Native Speakerlar bilan uchrashish va muloqot qilish, nutq va tinglash ko‘nikmalaringizni mashq qilish hamda ingliz tilidan foydalanishga bo‘lgan ishonchingizni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Klubimiz faoliyati turli mavzularda muhokamalar, bahs-munozaralar, rolli o‘yinlar, taqdimotlar, guruh o‘yinlaridan iborat. Biz a'zolarimizni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga va o'z fikr va g'oyalarini guruh bilan baham ko'rishga chaqiramiz.

XIUda biz ingliz tilini o'rganish shaxsiy va professional o'sish uchun muhim deb hisoblaymiz. Ingliz tili malakangizni oshirib, siz turli madaniyat vakillari bilan muloqot qilish, chet elda almashinuv dasturlariga borib qaytib kelish va istiqbolingizni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

Bizning ingliz tilida so'zlash klubimizga qo'shiling va ingliz tilini o'rganuvchilar hamjamiyatiga a'zo bo'ling. Ingliz tilini birgalikda o'rganamiz va o'zimizni yaxshilaymiz!