🆔 Seminar davomida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Qashqadaryo viloyatidagi vakili K.Erkinov tomonidan yig’ilganlarga Yagona portalda joriy etilgan elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda pullik xizmatlar uchun taqdim etiladigan chegirmalar to’g’risida ma’lumot berildi.
🆔 Shuningdek, tadbir davomida my.gov.uz orqali elektron xizmatlardan foydalanish uchun ariza berish hamda natijani “elektron hujjat” shaklida olish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.
📍 Manzil: Qarshi shahri, I. Karimov ko'cha 405-uy
🏬 Mo'ljal: Eski Politexnikum kolleji binosi.
Ulashish: