✨"Xon Atlas" Haftaligi - 2024! ✨
📣 E'lon berganimizdek, joriy yilning 9-14 sentyabr kunları Oila va xotin-qizlar qo'mitasining tashabbusi bilan Xalqaro innovatsion universitetida " Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda. Go‘zal an'anamizni nishonlash vaqti keldi! "Xon Atlas" haftaligi davom etmoqda!!!
🌺 Milliy brendimizga aylangan shohona ipak matolar - atlas-u adras o'zbek ayolining asl ziynati. Atlas, adras, beqasam-u shoyi serjilo, jilvakor matolarimizdan tikilgan o'zbekona liboslarimiz har qanday inson ko'nglini maftun qiladi.
🌺 Ayniqsa, yurtimiz bo'ylab o'tkazilishi an'anaga kirgan "Xon atlas" festivalida dilbar ayollarimiz turfa rangbarang liboslarda yanada maftunkor ko'rinishadi.
🌺 "Xon Atlas" haftaligiga ishtirok etish ixtiyoriy, keling safimizda bo'ling! Asrlar osha sayqallanib kelgan momomeros qadriyatlarimizni esa asrab- avaylang!