• 3-Mart, 2026-yil 15:36

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi

👍 Xalqaro innovatsion universitet hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamkorligida talaba-yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📌 Xalqaro innovatsion universitet Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Kurbanova
 hamda Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi D.Turobova ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🩺 Tadbir davomida talabalarga sog‘lom hayot tamoyillarini shakllantirishning dolzarbligi, OIV/OITS infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning rivojlanish mexanizmi (patogenezi), epidemiologik holati, klinik belgilari hamda samarali profilaktika choralariga oid batafsil ma’lumotlar berildi.

🎓 Mutaxassis yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirish hamda o‘z salomatligiga ongli yondashuvni qaror toptirish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

🤝 Ochiq muloqot va savol-javoblar asosida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.

💚 Sog‘lom turmush tarzi — ongli tanlov, mustahkam kelajak va farovon jamiyat garovidir!


Ulashish: