👍 Joriy yilning 23-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi.
📚 Mashg‘ulot Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i F.P.Rajabova tomonidan olib borilib, “Bir yaxshilik haqida” g‘oyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida ezgulik, insoniylik, mehr-oqibat va jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi tushunchalar keng yoritildi.
💬 Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, yaxshilikning shaxs kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida munozara olib bordilar. Hayotiy misollar asosida mavzu yanada boyitildi.
✨ Mazkur dars mashg‘uloti talabalarda ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik, ijobiy dunyoqarash va ijtimoiy faollikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Uz
Ru
En