• 3-Mart, 2026-yil 15:37

Bir haftada bir kitob loyihasi davom etmoqda

📚 Joriy yilning 23-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarini muhokama qilishga bag‘ishlangan navbatdagi “Bir haftada bir kitob” uchrashuvi tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan insoniylik, ma’naviyat va axloqiy qadriyatlar masalalari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Tohir Malikning jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash borasidagi xizmatlari haqida ham so‘z yuritildi.

🎓 Muhokamada Axborot-resurs markazi mudiri A. Choriyeva hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, asar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

📌 Loyiha doirasidagi navbatdagi uchrashuv uchun Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” asarini o‘qish tavsiya etildi.

✨ “Kitobxon talaba” loyihasi yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilmoqda.
 


Ulashish: