• 18-Noyabr, 2025-yil 10:12

“Kelajakka Qadam” Dasturi — Xalqaro Innovatsion Universitetida

“Kelajakka Qadam” Dasturi — Xalqaro Innovatsion Universitetida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qaroriga muvofiq Xalqaro Innovatsion Universitetida “Kelajakka qadam” dasturi amaliyotga joriy etildi.

Mazkur dastur bitiruvchi talabalarni zamonaviy mehnat bozorining talablariga mos ravishda tayyorlash, ularning ishga joylashish jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat bozori imkoniyatlari haqida aniq va to‘liq ma’lumotlar berishni maqsad qiladi.

Hamkorlik yo‘nalishlari

“Kelajakka qadam” markazi bilan imzolangan hamkorlik kelishuvlari asosida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shma ishlar yo‘lga qo‘yilgan:

  • Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash,

  • Amaliyot va stajirovka jarayonini kuchaytirish,

  • Talabalar uchun yangi ish imkoniyatlarini yaratish.

Universitet saytida maxsus bo‘lim

Universitetning rasmiy veb-saytida ushbu dasturga bag‘ishlangan alohida bo‘lim tashkil etilgan bo‘lib, u orqali talabalar:

  • Dastur maqsad va vazifalari,

  • Kasbiy amaliyot tanlovlari,

  • Stajirovka imkoniyatlari,

  • Bo‘sh ish o‘rinlari va rasmiy e’lonlar

bilan tanishishlari mumkin. Shuningdek, QR-kodlar orqali dasturga oid rasmiy ijtimoiy tarmoqlar sahifalariga qulay o‘tish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumotlarning yangilanib borilishi

Universitet rahbariyati rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali dastur bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab boradi. Bu esa talabalar hamda keng jamoatchilikning mazkur dastur haqidagi xabardorligini oshiradi.

Tadbirlar:
✅ "Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mas’ul shaxs

Bosh boshqarma boshlig‘i:
J. M. Raxmatov
Tel.: +998 93 931-17-76