• 13-Yanvar, 2024-yil 16:04

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan, "Vatan himoyasi muqaddas burch" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🏛 Xalqaro Innovatsion Unversitet

Dunyoda «Vatan» so‘zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, vatan himoyachisi bo‘lishdan ortiq shon-sharaf ham yo‘q. Joriy yilning 11-yanvar kuni Xalqaro Innovatsion Universiteti, talabalar turar joyida  talaba yoshlar tomonidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan, "Vatan himoyasi muqaddas burch" shiori ostida tadbir o'tkazildi. Yurtimizda To’marisning avlodlari Barchinoyday shiddatli, shaxdli,qasamyodiga sodiq, ahdlari qutlug’ posbon libosini kiygan ayollarimiz talaygina. Biz ana shu yelkalarida yulduzchalar porlab turgan harbiylarimizni bugungi bayram ila quyidagi shi’or ila chin ko’ngildan tabriklaymiz.

✍️  XIU. Axborot xizmati


Ulashish: