• 18-Dekabr, 2025-yil 10:31

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun"

Joriy yilning 18-noyabr kuni Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika fakulteti tomonidan "18-noyabr O'zbekiston Respublikasi bayrog'i qabul qilinganligining 34 yilligi" munosabati bilan “Bir vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. 

Tadbirni Xalqaro innovatsion universiteti rektori A.S.Mallayev ochib berib, o‘z nutqida, bayroqning yuksak ramziy ma'nosi, xalqimizning birligi va vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishdagi o‘rni haqida fikrlarini bildirdi.

Tadbir davomida talabalarning faol ishtiroki alohida e'tiborga sazovor bo‘ldi. Ular bayroq haqida tarixiy va qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdilar, vatanni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar varaqslar ijro etib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga yanada yaqinlashtirib, ularda Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.


Ulashish: