👍 Joriy yilning 21-oktabr kuni Xalqaro innovatsion universitetda "21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan “Til-millat ko'zgusi”nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔆 Tadbir davomida talaba-yoshlar ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar ijro etishdi. O‘zbek tilida ijod qilib, uning boy imkoniyatlari va jozibasini o‘z ijodi bilan ko‘rsatib bera olgan Alisher Navoiyning va boshqa alloma bobolarimizning o‘zbek tili haqidagi ibratli fikrlarini, she’rlarini aytdilar. O‘zbek tilida so‘zlashish madaniyati haqida talaba-yoshlar namoyish etgan sahna ko‘rinishi juda ta’sirli bo‘ldi.
🔆Ona tilimiz – millatimiz ruhi. U bizning borliq va boyligimiz. U ko‘nglimiz mulki, davlatimiz ulug‘ timsolidir. Bundan qariyb 36 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan. Buyuk allomalar, xususan, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tilining nufuzi, ahamiyati va qadri nafaqat Vatanimizda, balki xalqaro miqyosda kun sayin oshib bormoqda.