• 13-Yanvar, 2025-yil 10:08

8-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi tashabbusi bilan bayram tadbiri o'tkazildi.

Xalqaro innovatsion universitetda "8-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32-yilligi" munosabati bilan "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi tashabbusi bilan bayram tadbiri o'tkazildi

👍 Tadbirda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida "Stritbol" sport turi bo'yicha respublika final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan talaba-qizlar universitet rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

🇺🇿 Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan she'rlar, qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko'rinishlari bilan tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdilar.

🎤 Shuningdek, Shahrisabz shahar "Yosh qutqaruvchilar" harbiy sport maktabi o‘zining faxriy formasida sahnaga chiqib, tomoshabinlarga vatanga sadoqat, jasorat va vatanparvarlik tuyg‘ularini ifodalovchi badiiy chiqishlar namoyish etdi.

🇺🇿 Tadbir yakunida ishtirokchilar birgalikda O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishini nishonlab, mustahkam va erkin jamiyat barpo etish yo'lidagi katta yutuqlarni yodga oldilar.


Ulashish: