🔺 “Adabiy maʼrifiy haftaliklar” doirasida “Milliy qadriyatlar sayli” o'tkazildi
🔸 Joriy yilning 22-may kuni Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog’ida Xalqaro innovatsion universitet tashabbusi bilan “Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasida “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri bo‘lib o'tdi.
💠 Tadbir davomida an’anaviy liboslar, milliy qo‘shiqlar va raqslar, zakovat o‘yinlari – bilim va tafakkur bellashuvi, milliy o‘yinlar – yakka va jamoaviy musobaqalar, adabiyot va madaniyat ko‘rgazmalari tashkil etildi.
🔺 Bu tadbir nafaqat yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi, balki asrlar silsilasida sayqallanib kelgan qadriyatlarimizning hayotiyligini, ularning bugun ham dolzarb ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Ulashish: