• 27-May, 2025-yil 18:40

Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat!

Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat!

Bugun, 8-may kuni Xalqaro innovatsion universitetda "9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Pedagogika va iqtisodiyot fakulteti dekani F.Saidov ochib, yoshi ulug‘ insonlarning holidan xabar olish, o‘tganlarni xotirlash va qadrlash xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biri ekanligini ta’kidladi. Bugungi yoshlar ana shu an’anani davom ettirishi lozimligi alohida qayd etildi.

Tadbir davomida talabalar o'zlarining Vatanni madh etuvchi she'rlari, kuy-qo'shiqlari bilan tadbirga o'zgacha ruh berishdi.

Tadbir ishtirokchilarda yurtga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va tinchlikning qadriga yetish hissini yanada mustahkamladi.


Ulashish: