Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Erasmus+Milliy ofisi bilan hamkorlikda “Ta’lim natijadorligi: sifatni oshirish bo‘yicha strategiyalar va ilg‘or tajribalar (Elevating Education Excellence: Strategies and Best Practices in Quality Assurance)” mavzusida onlayn seminar bo'lib o'tmoqda.
🎓 Mazkur onlayn seminarda ishtirokchilarga Yevropa oliygohlari ekspertlari professorlar Fransisko G.Grima va Melita Kovasevich tomonidan akkreditatsiya, oliy ta’limni raqamlashtirish va xalqarolashtirish, ta’lim sifati kabi masalalarga oid xorijiy tajribalar to‘g‘risida axborot berilmoqda.
👍 Ushbu seminarda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Mamatqulov "Xorijiy filologiya" kafedrasi professor-o'qituvchilari ham ishtirok etmoqda.