• 14-Fevral, 2025-yil 9:43

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan davra suhbati

👍 Joriy yilning 6-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Vatanparvarlikni chinakam eʼtiqodga aylantiraylik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📖 Davra suhbatida Qarshi davlat universiteti dotsenti O.Avaznazarov, O'zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Kaxxarova, filologiya fanlari doktori, professor B.Yuldoshev, dotsent Sh.Qorayev, kafedra professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📖 Davra suhbati ishtirokchilariga Alisher Navoiy ijodini anglash, uning bebaho merosini yanada kengroq o‘rganish hamda targ‘ib etish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

📖 Ushbu davra suhbati davomida talaba-yoshlar Navoiy ijodi, uni o'rganish bo'yicha  o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Talabalar Navoiy ijodidan namunalar aytishdi hamda tadbir mehmoni dotsent O.Avaznazarov o'zining "Navoiy timsollari soʻzligi" nomli kitoblar to'plamini universitet talablariga taqdim etdi.


Ulashish: