• 27-May, 2025-yil 18:30

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini adabiy-lisoniy o'rganishning dolzarb masalalari

🔸 Bugun, 6-may kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini adabiy-lisoniy o'rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo'lib o'tdi.

🔻 Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiada Turkiya davlati Otaturk universiteti qoshidagi Turkshunoslik tadqiqotlari insituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Huseyin Baydemir va respublikamizning taniqli professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.

💠 Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar samaradorligini oshirish, ta’lim sohasini rivojlantirishda xalqaro munosabatlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy tajribalarni tadbiq etishdan iborat. 

🔵 Bu borada yoshlarni keng jalb etish,professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirish, murakkkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir yetuk olimlarni tarbiyalash, ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish nazarda tutilgan edi.


Ulashish: