• 30-Aprel, 2025-yil 11:44

Amir Temur — donolik, jasorat va ilm ramzi!

✏️ Joriy yilning 9-aprel kuni Xalqaro innovatsion universitet Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi bag'ishlab "Amir Temur — faxrimiz, g'ururimiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

🖌 Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha F.Rajabova ochib berdi va buyuk ajdodimiz Amir Temurning O‘zbekiston tarixidagi beqiyos o‘rni, uning davlat boshqaruvidagi donoligi va harbiy iste’dodi haqida so‘z yuritdi. 

🐴 Tadbir davomida talabalar tomonidan Amir Temur shaxsini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, vatanparvarlik ruhidagi she’rlar ijrosi hamda milliy raqslar namoyish etildi. Tomoshabinlar, ayniqsa, tarixiy obrazlar asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdilar.


Ulashish: