💼 Bugun, 28-may kuni Xalqaro innovatsion universitet talaba-yoshlari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
💻 Mazkur olimpiadada 20 nafardan ortiq iqtidorli talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi. Olimpiada jarayonida talabalar informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy topshiriqlarni bajardilar.
🔸 Yakuniy natijalarga ko'ra:
➡️ 1-o'rin — Murotaliyeva Dildora
➡️ 2-o'rin — Urolov Doniyor
➡️ 3-o'rin — G'ulomova Sevinch
🏆 G‘oliblar darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ulashish: