• 11-Mart, 2024-yil 16:24

Ayolga ehtirom ko‘rsatish olijanob qadriyatdir

Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi.

Xalqimiz qalbidan mustahkam joy olgan bu olijanob fazilatlar mustaqillik yillarida yangi mazmun-mohiyat bilan boyib, yanada yuksak bosqichga ko‘tarildi. Joriy yilning 7-mart kuni Xalqaro innovatsion universiteti faollar zalida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari ishtirokida “Ayol borki-olam munavvar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.  

 

🔵Tadbirni universitet rektori Umidjon Doniyorovich Ortiqov ochib berdi. U o’z sozida Universitetimiz xotin-qizlarini go‘zallik va nafosat ayyomi – 8 mart bayrami bilan muborakbod etdi va o‘zining eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirib, doimo oilangiz, yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lishdek baxtni tiladi.

 

👍Universitetning barcha ayol professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlariga universitet ta’sischisi Qodir Abraivich Mamataliyev tashabbusi bilan sovg’alar ulashildi. Universitet rektori tomonidan 20 nafar fidokor ayol professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlariga qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Dastur davomida talaba yoshlar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar namoyish qilinib, dilbar qo‘shiqlar ijro etildi. Bayramona tadbir barchaga birdek quvonch ulashdi.


Ulashish: