🔥 “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining respublika final bosqichi gʻoliblari tantanali taqdirlandilar
🏫13-dekabr kuni Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining respublika final bosqichining tantanali yopilish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🖐 4 kun davomida Qarshi shahridagi oliy taʼlim muassasalarining sport inshootlarida sportning voleybol, mini-futbol, yengil atletika, stritbol va stol tennisi turlari boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari tashkil etilib, yakuniga yetkazildi.
🏫Mazkur musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan talaba-yoshlardan iborat jamoalardan 574 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Ulashish: