Yangi lavozimga tayinlov
Bugun, 1-may kuni Xalqaro innovatsion universitetning tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Uralov Tulkin Tashkuvatovich – Xalqaro innovatsion universitetining Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlanganligi eʼlon qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda mazkur lavozimdan kelib chiqib talabalar orasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini muntazam taʼminlash, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan yechimlar topish hamda talabalar orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli ziddiyatlar oldini olish kabi vazifalar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Ulashish: