• 9-Fevral, 2024-yil 16:04

Davra suhbati

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda. Jumladan,  bugun Qarshi davlat universiteti  O'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Sh.Nuriddinov hamda shu universitetning O'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi dotsenti,  filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)  G'.Shodmonovlar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida "Bugungi kun navoiyshunosligi muammolari, qo'lga kiritilgan yutuqlar xususida fikr bildirishdi. 

Tadbirlarda so‘z olganlar tomonidan jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ alloma Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish, uning bebaho adabiy merosi, insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlarini o‘rganish, keng targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, bu aholi, ayniqsa, yoshlarning adabiyotga qiziqishini, qalblarida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.  Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor tashabbusi bilan Navoiy ijodidan namunalar o'qildi va talabalar tomonidan davom ettirilgani davrani qizg'in davom etishini ta'minladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.Qahhorovaning xulosa o'rnida aytgan fikrlari tadbirga yakun yasadi.


Ulashish: