🏆 Xabar berganimizdek Xalqaro innovatsion universitet talabasi Kuchimova Marjona Dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida faxrli 3-oʻrinni hamda jamoaviy bahslarda 2-o'rinni egallagan edi
👍 Shu munosabat bilan, bugun, 1-may kuni Xalqaro innovatsion universitetda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marjonaning yutug'i universitetning faxri bo'lib, bu muvaffaqiyatni nishonlash uchun taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Taqdirlash marosimida universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
💫Tadbirda Xalqaro innovatsion universitet ta'sischisi Q.Mamataliyev so'zga chiqib, Marjonaning ushbu yutug'ini yuksak baholadi va sportdagi muvaffaqiyatlari orqali universitetning shu sohadagi ulkan salohiyatini namoyon etganini, nafaqat sportdagi yutug'lari, balki o'zining mehnatsevarligi, qat'iyati va halolligi bilan ham barcha yosh sportchilarga o'rnak bo'lishi kerakligini ta'kidladi.
💫 Marjonaning ushbu yutug'i universitetning sport sohasidagi muvaffaqiyatlarini yana bir bor isbotladi va kelajakda ham yosh sportchilarni tayyorlashda ilhom manbai bo'lishi kutilmoqda.