🎓 Joriy yilning 19-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Elektron davlat xizmatlari (my.gov.uz) orqali imkoniyatlar va xalqaro IT sertifikatlar olish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🆔 Ushbu seminarda Raqamli hukumat loyihalari bo‘yicha mas’ul K.Erkinov Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.
💻 Elektron xizmatlardan foydalanish jarayonlari ya'ni ariza topshirish va hujjatlarni elektron shaklda olish jarayonlari bosqichma-bosqich namoyish etildi.
📚 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi xodimi I.Toshboyev esa xalqaro IT sertifikatlar olish yo‘llari, ularga tegishli kompensatsiyalar va imkoniyatlar haqida talabalarga ma’lumotlar berdi. Shuningdek, "Bir million dasturchi" loyihasining davomchisi hisoblangan Coursera platformasidagi bepul va professional kurslarda ta’lim olishning afzalliklari ta’kidlandi.
🔆 Ushbu seminar yoshlarga yangi bilim va imkoniyatlar eshigini ochdi hamda ularning zamonaviy raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.