• 3-Mart, 2025-yil 12:11

Eng namunali talabalar xonasi tanlovi boʻlib oʻtdi!

🎓 Xalqaro innovatsion universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Kurbonova tomonidan talabalar turar joyida "Eng namunali talabalar xonasi" tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalar xonalarini ozoda-yu sarishta, tartibni saqlashda va estetik jihatdan yuqori darajaga erishishda katta ijodkorlik namoyish etdilar.

🔆 Tanlov natijalariga koʻra har bir qavatdan quyidagi xonalar "Eng namunali xonalar" deb topildi:
➡️ 2-qavat: 8-xona;
➡️ 2-qavat: 10-xona;
➡️ 1-qavat: 11-xona;

📚 Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarimizga minnatdorchilik bildirib qolamiz! Albatta, tanlovga qo'shilgan barcha talabalarning mas'uliyatli  yondashuvi universitetimizga bo‘lgan muhabbat ruhini yanada kuchaytiradi.


Ulashish: