• 27-Noyabr, 2024-yil 15:41

“Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovi e’lon qilindi.

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi dasturchilik sohasini o‘rganayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovini e’lon qiladi. 

☑️Tanlov kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

☑️ Dastlabki bosqich 25-30-noyabr kunlari tashkil etiladi. Keyingi bosqichlarning o‘tkazilish muddati Respublika tashkiliy ishchi guruhi tomonidan belgilanadi.

☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Oliy ta’lim muassasalari talabalari:

🔵1-o‘rin – 15 000 000 so‘m;

🔵2-o‘rin – 10 000 000 so‘m; 

🔵3-o‘rin – 8 000 000 so‘m; 

 

Nominatsiyalar bo‘yicha:

🔵“Eng tezkor dasturchi” – 5 000 000 so‘m;

🔵“Eng yosh dasturchi” – 5 000 000 so‘m;

🔵“Eng murakkab dastur dasturchisi” – 5 000 000 so‘m;

🔵“Eng omadli dasturchi” – 5 000 000 so‘m.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari: 

1,- 2,- va 3-o‘rin g‘oliblari ta’lim muassasasi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

☑️Eslatib o‘tamiz tanlovda ishtirokchilar C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript va boshqa dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar robocontest.uz platformasidan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

 


Ulashish: