Xalqaro innovatsion universitetda "Erta turmushni oldini olish va qarindosh urugʻ oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
🔆 Tadbirda Qarshi shahar Ftiziatriya dispanseri oliy toifali vrachlar S.Shomirzayeva va M.Ruziyeva, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Kurbonova, "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi O.Kaxxorova hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.
📚 Ushbu tadbirda yoshlarning oilaviy hayotga oid muhim masalalar haqida tushuncha olishlari va erta turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar berildi.
🎓 Tadbirda ishtirokchilar turli savollar berib, o'z fikrlarini bildirishdi, shu bilan birga, erta turmush qurishning yoshlarning ta'limi va kelajagi uchun qanday ta'sir ko'rsatishi haqida muhokama olib borishdi.