• 31-Yanvar, 2025-yil 15:38

Erta turmushni oldini olish va qarindosh urugʻ oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👍 Joriy yilning 29-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Erta turmushni oldini olish va qarindosh urugʻ oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi 

🎓 Tadbirda Qashqadaryo viloyati OITSGA qarshi kurashish markazi oliy toifali vrachi D.Turopava, S.Shoniyozova, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Kurbonova hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.

📚 Ushbu tadbirda yoshlarning oilaviy hayotga oid muhim masalalar haqida tushuncha olishlari va erta turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar berildi. Tadbirda ishtirokchilar turli savollar berib, o'z fikrlarini bildirishdi, shu bilan birga, erta turmush qurishning yoshlarning ta'limi va kelajagi uchun qanday ta'sir ko'rsatishi haqida muhokama olib borishdi.


Ulashish: