Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli boʼlgan "3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Xalqaro innovatsion universitet "Pedagogika" kafedrasi professor-o'qituvchilari M.Zoirova, Z.Almardanovalar MP-24-01K guruh talabalari bilan birgalikda Qarshi shahridagi "Muruvvat" bolalar internat uyiga tashrif buyurishdi.
🔆 Tashrif mobaynida bolalar bilan muloqot qilib, ularning ruhiyatini ko'tarish va ularga mehr-oqibatni ulashish maqsadida bir necha o'quv va madaniy tadbirlar o'tkazdilar.
🩵 Ushbu tashrif nafaqat ta'lim jarayoniga yangi imkoniyatlar yaratishga, balki jamiyatda insonparvarlik va yordam ko'rsatish ruhi shakllanishiga ham xizmat qiladi. 3-dekabr – nogironlar va maxsus ehtiyojli bolalarga mehr-oqibat va yordam ko'rsatishning ahamiyatini yanada oshirishda muhim sanadir.