• 18-Dekabr, 2025-yil 12:16

Fakultetlar o‘rtasidagi QVZ musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

🎉 Joriy yilning 4-dekabr kuni Xalqaro innovatsion universitetda talabalarning eng kutilgan, eng quvnoq va eng shov-shuvli tadbirlaridan biri — Fakultetlar o‘rtasidagi QVZ musobaqasi bo‘lib o‘tdi! Tadbirda pedagogika fakultetining "Qariyalar", iqtisodiyot fakultetining "Katta bollar", tarix va filologiya fakultetining "Dekanning jiyanlari" jamoalarning talaba-yoshlari, quvnoqlik va zukkolikda o'zaro bellahdilar. 

⛈ Har bir jamoa o‘ziga xos chiqishlari, kutilmagan improvizatsiyalari va kulguga boy sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashdi. 🤩

😄 Zalda esa — qahqaha, ko‘tarinki kayfiyat va doimiy olqıshlar! 👏
Talabalarimiz sahnada nafaqat hazil qildilar, balki jamoaviy ishlash, sahna madaniyati va ijodiy tafakkurlarini ham namoyish etdilar.

✨ QVZ — bu shunchaki musobaqa emas, bu do‘stlik, kayfiyat va bir umrga yodda qoladigan lahzalardir! 🌟


Ulashish: