• 8-Aprel, 2025-yil 9:36

Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!

💠 Joriy yilning 7-aprel kuni Xalqaro innovatsion universitetda soha mutaxassislar ishtirokida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida targʻibot tadbir tashkil etildi. 

💠 Tadbirda Qashqadaryo viloyat IIB TQX JQB xodimi kapitan Sh.Salomov, viloyat narkologiya dispanseri shifokori X.Tursunov tomonidan talaba-yoshlar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi immunitetni shakllantirish hamda ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

🔺 Tadbir davomida psixotrop moddalar va giyohvandlik vositalarining inson salomatligi va jamiyatga zararli ta’siri yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan zararli odatlardan voz kechishning usullari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Ulashish: