• 5-Fevral, 2025-yil 17:45

Giyohvandlik va OITS – asr vabosi mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👍 Joriy yilning 4-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Giyohvandlik va OITS – asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

🎓 Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i A.Musurmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i S.Saydaliyev hamda talabalar ishtirok etdi.

📚 Tadbir davomida mamlakatimizda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda jamiyat va oilalar tanazzuliga sabab bo‘layotgan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish zarurligi hamda ushbu xavf-xatarlarga nisbatan hushyor va ogoh bo‘lish davr talabi ekanligi ta’kidlandi.

🔆 Mazkur tadbir talaba-yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.


Ulashish: