• 14-Fevral, 2025-yil 10:56

Giyohvandlik va OITS – asr vabosi mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi

👍 Joriy yilning 11-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Giyohvandlik va OITS – asr vabosi” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi

🎓 Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i S.Saydaliyev, universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi F.Pirmatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📚 Tadbir davomida mamlakatimizda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda jamiyat va oilalar tanazzuliga sabab bo‘layotgan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish zarurligi hamda ushbu xavf-xatarlarga nisbatan hushyor va ogoh bo‘lish davr talabi ekanligi ta’kidlandi.

🔆 Mazkur tadbir talaba-yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.


Ulashish: