• 22-Yanvar, 2025-yil 11:10

Globallashuv jarayonida yoshlar ma’naviyat.

👮‍♂️ Qashqadaryo viloyati IIBda  “Globallashuv jarayonida yoshlar ma’naviyati” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari hamda Xalqaro innovatsion universitet "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti Z.Boymurodov ishtirok etdi.

👍 Tadbirni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik T.Mamatkulov ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Xalqaro innovatsion universitet dotsenti Z.Boymurodov so‘zga chiqib, hozirda mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etishini ta’kidladi. Ayni davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jadallashtirish, ta’lim-tarbiya sohasini isloh etish, yoshlarimizni zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuksak aql-zakovat sohibi etib voyaga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biridir. Biroq xalqimizning o‘ziga xos va mos milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya borasidagi azaliy an’analariga, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga «ommaviy madaniyat», mentalitetimizga yot g‘oya va qarashlar soya solayotgani ham hech birimizga sir emas. Ushbu jarayonda tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e’tibor qaratish, bu borada ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan purma’no so‘zlarini aslo unutmasligimiz lozimligini bildirdi.


Ulashish: