• 9-Yanvar, 2025-yil 9:04

Hayrli ish Joriy yilning 27-noyabr kuni "Roguzar" MFY fidoyilar ko'chasi 27-uyda istiqomat qilayotgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-167-sonli qarorining 11 (3)-bandida  O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro innovatsion universiteti Volontyorlik guruhlari tomonidan parvarishga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarning holidan xabar olish masalalarini muvofiqlashtirishga yoshlar yetakchilari shaxsan mas’ul etib belgilangan hamda yolg'iz keksalar holidan xabar olib kelinmoqda. 

O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik yordam koʻrsatish maqsadida faol yoshlar va soha vakillaridan iborat "Volontyorlik" guruhlari tashkil etilgan. 

Joriy yilning 27-noyabr kuni "Roguzar" MFY fidoyilar ko'chasi 27-uyda istiqomat qilayotgan Mirzayev Umidillo xonadoniga tashrif buyurgan "Volontyorlik" guruhi xonadon obodonligi va tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shib, keksalar duosini olib qaytdilar. 

🔆 Saxovat, muruvvat, mehr - bu uchala termin birlashsa yaxshilikning eng oliy cho`qqisi vujudga keladi.


Ulashish: