• 8-Aprel, 2025-yil 9:24

IQTIDOR, MAHORAT VA ILHOM BIRLASHGAN NUQTA

💠 Joriy yilning 29-mart kuni Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Xalqaro innovatsion universitet "Yuksalish" Talabalar teatr studiyasi tomonidan Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida sahnalishtirilgan "Milliyat" spektakl premyerasi bo'lib o'tdi.

🔻 Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani, o'zining chuqur ma'nosi va zamonaviy ijtimoiy-siyosiy masalalar bilan bog'liq bo'lgan asar sifatida tanilgan. Ushbu roman, o'zining murakkab psixologik portreti, jamiyatdagi ijtimoiy tizimlarga qarshi kurash va insoniy tuyg'ularni tasvirlash bilan ajralib turadi. Spektakl rejissyor Shuhrat To'xtamishev tomonidan sahnalashtirildi va talabalarimiz tomonidan yuqori mahorat bilan tomoshabinlarga taqdim etildi.

🔺 Talabalarning ijro mahorati yaxshi asar tanlovi, sahnada oʻzini tutish madaniyati, qahramonlarni his eta olish va oʻsha qahramonga aylanish, nutq madaniyati kabi ijobiy jarayonlar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.


Ulashish: