💠 Joriy yilning 5-noyabr kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalishtirilgan "Usmon Nosir" spektakl premyerasi bo'lib o'tdi.
🔻Talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan ushbu spektakl o‘zbek adabiyotining porloq va fojiali taqdir egasi — Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.
📚 Asarda shoirning ma’rifatli yoshligi, orzu va armonlari, qalbdagi isyon va muhabbat, Vatan va adolat yo‘lidagi kurashi sahna vositalari orqali jonlantirildi.
Spektakl tomoshabinni 20-asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitga olib kiradi. Bunda Usmon Nosirning ijodi, jasorati, shoirona qalbi va fojeali qismati badiiy talqin etilgan. Sahna asarida shoirning eng mashhur she’rlari, tarixiy voqealar, ichki kechinmalar va ruhiy iztiroblar dramatik tarzda namoyish etildi.
Talabalarning ijro mahorati yaxshi asar tanlovi, sahnada oʻzini tutish madaniyati, qahramonlarni his eta olish va oʻsha qahramonga aylanish, nutq madaniyati kabi ijobiy jarayonlar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Uz
Ru
En