• 2-Dekabr, 2023-yil 17:21

IT dasturlash sohasiga qiziqadigan talabalar o'rganilib, Raqamli texnologiyalar markazi hodimlari tomonidan"Bir million dasturchi" loyihasining https://uzbekcoders.uz/ platformasi haqida amaliy o'quv seminar tashkillashtirildi!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O'zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-300-son qarorining 1-ilovasi 54-bandida "Bir milion dasturchi" loyihasini kengaytirish orqali eng iqtidorli yoshlarni tanlab olib, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlash vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan yoshlarga "Bir million dasturchi" loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orgali AQShning "Coursera" kompaniyasining onlayn ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Joriy yilning 30-noyabr kunida Xalqaro innovatsion universitetida IT dasturlash sohasiga qiziqadigan talabalar o’rganilib, Raqamli texnologiyalar markazi hodimlari tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz/ platformasi haqida amaliy o’quv seminar tashkillashtirilib, talabalarga https://uzbekcoders.uz/ va Coursera kurslaridan qanday qilib ro‘yxatdan o'tish, kurslarga yozilish hamda kurs dasrlaridan to'liq foydalanish va qanday qilib Coursera Certifikatini olish to‘liq o‘rgatildi.


Ulashish: