• 18-Dekabr, 2025-yil 11:41

IT Park va IT eksportyor korxonasi vakillari bilan uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

🗓 Joriy yilning 27-noyabr kuni soat 14:00 da universitetimiz faollar zalida "IT Career Day" doirasidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda IT Park Qashqadaryo filiali va Rossiya mintaqasiga IT eksport xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan “Shahrisabz Voice” korxonasi vakillari ishtirok etishdi.

🎤 Uchrashuv davomida talabalar bilan jonli suhbat, savol-javoblar tashkil etildi. Talabalar zamonaviy media va kommunikatsiya yo‘nalishlari, startap ekotizimi, shuningdek o‘z g‘oya va ijodiy faoliyatlarini hayotga tatbiq etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

⚙️  Shuningdek, IT eksportyor korxonalarda ishlash va stajirovka o‘tash imkoniyatlari, IT Park hamda rezident korxonalar tomonidan yaratilayotgan qulayliklar bo‘yicha keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

☄️ Talabalar uchun IT sohasida karyerani boshlash bo‘yicha ilhomlantiruvchi fikrlar aytildi va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shu o'rinda ishlash istagi bo'lgan talabalarga ish o'rinlari borligi ta'kidlandi.


Ulashish: