👍 Joriy yilning 12-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar turar joyida “Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati” toʻgʻrisida davra suhbati tashkil etildi.
🎓 Mazkur tadbirda Yoshlar agentligi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha bosh mutaxassis B.Xamdamov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Sh.Sharifov, universitet boshlang'ich tashkilot yetakchisi F.Pirmatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
📖 Davra suhbatida mamlakatimiz xududida jadidchilik oqimining yuzaga kelishi va uning ma'rifatparvarlik soxasidagi faoliyatiga to'xtaldi. Jadidchilik harakatining ijtimoiy -siyosiy qarashlari, milliy mustaqillik va davlatchilik g'oyalari, bu boradagi amaliy harakatlari va kurashlari mavzusida fikr mulohazalar bildirildi.