• 15-Sentabr, 2025-yil 11:53

Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurashamiz!

🎓Bugun, 12-sentyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” hamda "Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori" mavzularida davra suhbati tashkil etildi. 

🎓Tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova, talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan rektor maslahatchisi T.Uralov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Ravshanova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i A.Kenjayev, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

🎓Uchrashuvda yoshlarni mutaassiblik va yot g‘oyalardan asrash, ularni Vatanga sadoqat, diniy bag‘rikenglik hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✔️ Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida so‘z yuritilib, mutaxassislar tomonidan talabalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish borasida foydali tavsiyalar berildi.


Ulashish: