👍 Joriy yilning 25-oktyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tadbir o'tkazildi
🔆 Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi M.Ravshanova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor F.Rajabova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Qurbonova va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
✔️ Tadbirda davomida so‘zga chiqqanlar bugun mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.
📌 Shuningdek, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati har tomonlama chuqur tushuntirildi.
❗️ Radikalizm, terrorizm va ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, "ommaviy madaniyat" va shu kabi turli tahdidlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, yoshlarni ayni vaqtda puxta bilim olishga, turli kasb-hunarlarni boshini tutishga, qolaversa bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda badiiy kitoblar mutolaa qilishga chorladilar.