📚 Joriy yilning 28-may kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Sport oyligi” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o'tkazildi.
🔺 Sinovlar davomida talabalar quyidagi jismoniy mashqlar bo‘yicha o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar:
🔸 100/60 metrga yugurish (pastki startdan)
🔸 Turgan joydan uzunlikka sakrash
🔸 Turnikda tortilish
🔸 Arg‘amchida sakrash
va boshqa sinovlar
🎓 Har bir ishtirokchining natijalari maxsus komissiya a’zolari — tajribali mutaxassislar va jismoniy tarbiya fani ustozlari tomonidan baholab borildi.
🔵 “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu sport tadbiri talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga qiziqishini kuchaytirish va sog‘lom hayotga bo‘lgan e’tiborini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.