• 22-Oktabr, 2025-yil 14:35

Joriy yilning 17-oktabr kuni Xalqaro innovatsion universitetida talabalarning intellektual salohiyati va kitobxonlik madaniyatini namoyon etuvchi “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

👥 Tanlovda 3 ta jamoa ishtirok etdi:

🔹 Pedagogika fakultetining "Ma'rifat yulduzlari" jamoasi
🔹 Tarix va filologiya fakultetining "Hurriyat" jamoasi
🔹 Iqtisodiyot fakultetining "Zukkolar" jamoasi

  📖  Har bir jamoa mashhur adabiy asarlar bo‘yicha 1-shart "Men yoqtirgan asar" 2-shart "Eng kitobxon jamoa" bosqichlarida bellashdi. Ishtirokchilar badiiy tahlil, asar qahramonlarini yoritish va yozuvchilar ijodiga oid bilimlarini namoyish etdilar.

🏆 Tanlov yakunida quyidagi natijalarga erishildi:
🥇 1-o‘rin – "hurriyat" jamoasi
🥈 2-o‘rin – "Zukkolar" jamoasi
🥉 3-o‘rin – "Ma'rifat yulduzlari" jamoasi

🏆 G‘olib va sovrindorlar faxriy yorliqlar, estalik sovg‘alari hamda pul mukofotiga ega bo‘lishdi.

📚 Kitob – inson ma’naviyatining ko‘zgusi!
Bunday tadbirlar talabalarimizni yanada izlanishga, o‘z ustida ishlashga va mutolaa madaniyatini oshirishga undaydi.


Ulashish: