• 8-Mart, 2025-yil 16:32

Joriy yilning 3-mart kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi

📖 Bir haftada bir kitob loyihasi doirasida o'tkazilgan bugungi tadbir O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" asariga bag'ishlandi.

📚 Tadbirda Axborot-resurs markazi mudiri A.Choriyeva, ARM yetakchi mutaxassisi M.Boboyeva va O‘zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi katta-o‘qituvchisi M.Ortiqova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

📖 Tadbirda O'tkir Hoshimovning hayoti va ijodi, asarlarining mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tilib, tadbirda ishtirok etgan kitobxon talabalar tomonidan "Urushning so`nggi qurboni" asari tahlil qilindi. Keyingi haftada Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Zulfiyaxonim she'riyatiga bir nazar solib, she'rlaridan yod olish uy vazifasi qilib berildi.


Ulashish: