• 5-Iyul, 2025-yil 18:26

Joriy yilning 30-iyun kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

📚 Bir haftada bir kitob loyihasi doirasida o'tkazilgan bugungi tadbir A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

📕 Tadbirda Axborot-resurs markazi xodimlari M.Boboyeva, D.Bazarova hamda kitobxon-yoshlar ishtirok etishdi.

📖 Tadbir davomida A.S.Pushkinning hayoti va ijodi, asarlarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Kitobxon talabalar tomonidan yozuvchining "Yevgeniy Onegin" asari tahlil qilindi. Keyingi haftada O'tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asarini oʻqish uchun tavsiya etildi.


Ulashish: