Joriy yilning 30-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir oʻtkazildi.
👮♀️ Tadbirda Xalqaro innovatsion universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i S.Saydaliyev, Qashqadaryo viloyati IIB yoshlar va voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish huquqbuzarlik profilaktika tashkil etish bo'limi boshlig'i F.Jalolov, Qashqadaryo viloyati narkologiya dispanseri mutaxassisi, vrach narkolog G'.Sherdanov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda talabalarga turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, internet olamidagi maʼlumot va axborotlardan toʻgʻri foydalanish hamda terroristik guruhlar aldoviga uchmaslik kabi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma'ruzachilar tomonidan atroflicha javob olishdi